Namangan viloyatida 121 ta charm-poyabzal korxonalari bor

Namangan viloyatida 2022-yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan 167,3 mlrd so‘mlik  charm va charm-poyabzal (10 dan ortiq turdagi tayyor charm) mahsulotlari ishlab chiqarilib, shundan 5 mln 536 ming dollarlik mahsulotlar xorijiy davlatlarga (Xitoy, Rossiya, Portugaliya, Turkiya, Ukraina) eksport qilindi.

Charm-poyabzal yo‘nalishida  korxonalar soni 121 tani (ishchilar soni 1 250 dan ortiq) tashkil etadi.

Viloyatda  2022-yilning yanvar-sentyabr oylari  davomida charm-poyabzal sohasini rivojlantirishga qaratilgan qiymati 60,6 mlrd so‘mlik 8 ta investisiya loyihalari ishga tushirildi hamda 445 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun Kosonsoy tumanidagi "GOLD LEATHER EXPORT IMPORT" MCHJ tomonidan qiymati 33,4 mlrd so‘mlik “Tayyor teri mahsulotlari va echki terisini qayta ishlash, charmdan kiyim tikish” loyihalari ishga tushirildi (100 ta ish o‘rni).

2022 yil davomida investisiya loyihalarini amalga oshirilishi natijasida yillik ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha qo‘shimcha tayyor charm mahsulotlari 150,0 ming kv.dmga, poyabzal 188,5 ming juftga shundan bolalar poyabzali 2,0 ming  juftga va charm galanteriya mahsulotlari ishlab chiqarish 8 ming juftga yetkaziladi va 1,6 mln dollar qo‘shimcha eksport hajmlari yaratiladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston 9 oy ichida 19 ta davlatga 30,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyim eksport qilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72701 | Инструменты