Huawei 1
Jizzax Organic klasteri qishloq xo'jaligida birinchilardan bo'lib dronlardan foydalanishni boshlaydi

O'tgan yilning oktyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan videoanjumanda O'zbekistonda yerlarni nazorat qilish va ekinlarni kuzatib turish uchun uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalaridan foydalanishni boshlash haqida e'lon qilingan edi.

2021 yilning 2 fevralida Jizzax Organic O'zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligidan uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalardan foydalanish uchun ruxsat oldi. Jizzaxning ushbu klasteri qishloq xo'jaligida dronlardan foydalanadigan birinchi korxona bo'ladi. Dronlar quyidagi vazifalarni bajaradi:

- o'simliklarning o'sishi va rivojlanishidagi anomaliyalarni aniqlash;

- alohida joylarni o'g'itlash;

- sug'orishning bir tekisligini kuzatish.

«Uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar Jizzax Organic mutaxassislarini ekinlarning sifati, ularning zararlanishi yoki nobud bo'lishi to'g'risidagi dolzarb va to'liq ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Agronomlar tomonidan nazorat qilish uzoq vaqt oladi va har bir metr yerni qamrab olish imkonini bermaydi. Agar ko'chatlarning zararlanishi maydonning ichkarisida sodir bo'lgan bo'lsa, uni o'z vaqtida payqamaslik xavfi mavjud. Uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar yordamida kasalliklarga tashxis qo'yish, begona o'tlarga dori purkash, zararkunandalarga qarshi kurashish, ekin unib chiqmagan maydonlarda qayta ekish orqali muammolarni dastlabki bosqichlarda aniqlaymiz va bartaraf etamiz», — dedi Jizzax Organic direktori Hikmatilla Karimov.

Tajriba namunasi O'zbekistonga 2020 yil noyabrida keltirilgan. Bu Xitoy kompaniyasining FOXTECH nomli Great Shark 330VTOL modelidir. U osma qurilma bilan jihozlangan bo'lib, 30 marta yaqinlashtirish va tungi suratga olish imkoniga ega, uchish maksimal vazni 21 kg, parvoz vaqti 2,5 soatgacha va tezligi 80 km/soatgachadir.

«Biz keltirilgan drondan kartografiya va o'simliklar vegetatsiyasini kuzatish uchun foydalanamiz. Bu yil ham Jizzax Organic o'g'it sochish maqsadida og'ir yuk ko'tarish qobiliyatiga ega dron sotib oladi. Sinovlar natijasiga ko'ra ekin ekilgan maydonlarni to'liq qamrab olishimiz uchun qancha dron kerakligi aniq bo'ldi. 2021-yilda yem-xashak ekinlari va o'tlar 10 ming gektarni egallaydi», — deya o'rtoqlashdi Hikmatilla Karimov.

Jizzax milliy klasteri kerakli radiochastotani qo'lga kiritdi va ekin ekish mavsumi boshlangach undan foydalanishga kirishadi.

Ma'lumot uchun

Jizzax Organic MChJ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil  23 iyuldagi 619-sonli qaroriga muvofiq, O'zbekiston Prezidenti tomonidan 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor  yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan. Korxonaning faoliyati  O'zbekistonning qishloq xo'jaligi sektorini rivojlantirishga yo'naltirilgan. Jizzax Organict MChJ chorvachilik, o'simlikshunoslik va seleksiya-genetik ishlari bilan shug'ullanadi. Jizzax qishloq xo'jaligi klasterining  umumiy  sarmoyasi miqdori 150 mln. AQSH dollarini  tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga