Huawei 2
“Gazprom” 2040 yilgacha O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib beradi

"Gazprom" 2040 yilgacha Qozog‘iston orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz tranziti bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi

Ushbu shartnomalar "Gazprom"ga 12 milliard kub metrgacha eksport qilish imkonini beradi. Tahlilchilarning xabar berishicha, bu hajm Yevropa bilan tuzilgan shartnomalardan ancha past.

“Gazprom” rahbari Aleksey Miller va QazaqGaz boshqaruvi raisi Sanjar Jarkeshov Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekiston va Qirg‘iziston yo‘nalishida tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun uzoq muddatli shartnomalarni imzoladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan gaz tranziti bo‘yicha kelishuvlar “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurining ajratilgan yo‘nalishini kengaytiradi va Qozog‘istonda yangi gaz tashish quvvatlarini yaratishni nazarda tutadi. Shuningdek, “Gazprom Eksport” “Gazprom Qirg‘iziston” MCHJ bilan Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Ta’kidlanishicha, 2024 yil fevral oyida O‘zbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasidan gaz importini 3,5 barobarga, ya’ni 9 milliondan 32 million kub metrga oshirish maqsadida respublika magistral gaz tizimini modernizatsiya qilmoqchiligi xabar qilingan. Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish esa pastligicha qolmoqda, biroq ularning ko‘payishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga