Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z saylida milliy madaniyat markazlari chiqishlarini kuzatdi

Shavkat Mirziyoyev bayram tantanasidan so‘ng Navro‘z saylida bo‘lib, milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik jamoalar chiqishlarini kuzatdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Bu sanʼat, bu urf-odatlarimiz tarixiy. Ularning zamirida katta madaniyat, maʼrifat bor. Bu yo‘nalishni mahkam tutib, davom ettirayotganingiz uchun rahmat. Bayram milliy qadriyatlarimiz bilan fayzli”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ko‘pmillatli xalqimizning to‘yi, bayramlari bir bo‘lib ketgan. Navro‘z ham barcha millat va elat vakillarining sevimli bayramiga aylangan. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda. Hududlarda 38 ta do‘stlik jamiyati va 153 ta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda.

Davlat rahbari shunday markazlarning ko‘rgazmalari va kuy-qo‘shiqlarini ham tomosha qildi. Turli millat vakillari bilan samimiy suhbatlashib, ezgu tilaklarini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga