Ushbu taqdirlash konservatoriyaning 85 yilligi munosabati bilan amalga oshirildi
Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko'ra, quyidagi bir guruh professor-o'qituvchilar taqdirlandi:
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan: Fayziyeva Madina Muxsinovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi mudiri.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan: Abdullayeva Inna Anvarovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining fakultetlararo fortepiano ijrochiligi kafedrasi professori.
Muxamedova Galina Iminovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni bilan: Galushenko Irina Georgiyevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori.
Mansurov Avaz Maksudovich - B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori.
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan: Abduraximova Firuza Ravshanovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining orkestr dirijyorligi kafedrasi professori.
Rizayeva Mukadas - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori.
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan: Abdullayev Rustambek Samigovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘zbek musiqasi tarixi kafedrasi professori.
Matyakubova Svetlana Kaxarovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi professori.
Xakimova Afrida Xodjayevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xor dirijyorligi kafedrasi professori.
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan: Muxtarova Flora Shaaxmedovna - O‘zbekistonO‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi professori.
Rasulova Tatyana Salixovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori.
"Do‘stlik" ordeni bilan: Gringof Anna Genrixovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kamer musiqasi kafedrasi dotsenti.
Jumayeva Lyuba - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xor drijorligi kafedrasi professori.
Izmailov Ali Muslimovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining puflama va zarbli cholg‘ular kafedrasi dotsenti.
Kalliyev Abatbay Nagmetullayevich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi o‘qituvchisi.
Matveyeva Yelena Nikolayevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining torli cholg‘ular kafedrasi dotsenti.
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan: Atadjanov Muxammad Abdusharipovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi dotsenti.
Nasirova Yulduz Mirxamedovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori.
Xodjayeva Ro‘zibi Madiyevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi professori.
"Kelajak bunyodkori" medali bilan: Maxarov Nodirbek Tolkunovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kompozitorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi katta o‘qituvchisi.
"Shuhrat" medali bilan: Abrarova Mavjuda Sharipovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining orkestr dirijorligi kafedrasi yetakchi xor artisti.
Axundjanova Natalya Adilovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Ikramov Ilxam Inogamovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi professori.
Kasimova Malika Baxritdinovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining konsertmeysterlik mahorati kafedrasi professori.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72618 | Инструменты