Milliy va jahon musiqasining sara asarlari yana-da ommalashtiriladi

“Milliy va jahon musiqa sanʼati yutuqlarini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–231-son, 28.07.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:

- Farg‘ona milliy cholg‘ular orkestri;

- Farg‘ona simfonik orkestri.

Shuningdek, reja bo‘yicha Farg‘ona shahridagi “Eco City” majmuasi hududidagi amfiteatrda hamda mahalliy aholi va sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan boshqa joylarda Simfonik orkestr va Milliy cholg‘ular orkestrining konsert dasturlari tashkil etib boriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73110 | Инструменты