Madaniyat vaziri bir qator san'at faxriylariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko'krak nishonini topshirdi (foto)

Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan madaniyat va san’at sohasi vakillarining bir guruhi va o‘zining fidoyiligi bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan jamoatchilik vakillariga Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ko‘krak nishoni topshirdi.Ushbu faxriylar “Madaniyat va san’at fidokori” ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Quyida ularning ro'yxati:

Qobiljon Sobirov Qosimovich – O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori;

Faxriddin Otbosarov Muhiddinovich – O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi madaniy-gumanitar sohada hamkorlik bo‘limi boshlig‘i;

Odiljon Abduqahorov Abdug‘aniyevich – Xalqaro festivallar direksiyasi direktori;

Toshbuvi Bahodirova – Sharof Rashidov tuman madaniyat bo‘limiga qarashli tuman kutubxonasi bosh kutubxonachi;

Nozim Kozimovich – Ta’lim muassasalari va sohani metodologik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i.

Shuningdek, Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Madjidovich Ahmedovga O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazining direktori Qobiljon Sobirov Qosimovich "Xalq diplomati" koʻkrak nishonini topshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72618 | Инструменты