Zelenskiy Donald Tramp bilan suhbatlashganini maʼlum qildi

Ukraina prezidentining bildirishicha, AQSH yetakchisi bilan telefon suhbati chog‘ida 26 fevral kuni Jenevada Vashington va Kiyev delegatsiyalari o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv, shuningdek, mart oyining boshida uch tomonlama formatdagi muzokaralarga tayyorgarlik masalasi muhokama qilingan.

"Umid qilamizki, navbatdagi uchrashuv yetakchilar darajasidagi muzokaralarga o‘tish imkonini beradi. Prezident Tramp bunday qadamlar ketma-ketligini qo‘llab-quvvatlaydi", — deya qo‘shimcha qildi Volodimir Zelenskiy.

“TASS” axborot agentligining manbasi ham Rossiya, Ukraina va AQSH delegatsiyalarining uchrashuvi mart oyining boshiga ko‘chirilganini maʼlum qildi. Manbaga ko‘ra, muzokaralarning o‘tkaziladigan joyi va vaqti muhokama qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22614 | Инструменты