Tramp Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda urush bir oy ichida tugashini istashini aytdi — Axios

Nashr manbalaridan birining aytishicha, Zelenskiy urush 2026 yilda yakunlanishiga umid qilishini bildirgan. Tramp esa ushbu mojaro haddan tashqari cho‘zilib ketganini aytib, uning bir oy ichida tugashini istashini maʼlum qilgan.

Ukrainalik amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik kelishuvi doirasida AQSH tomonidan Ukrainaga muhim xavfsizlik kafolatlari berishga tayyorligini ham tasdiqlagan.

Suhbatda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Jared Kushner ham ishtirok etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22616 | Инструменты