Huawei 1
Zelenskiy: AQSH Ukrainaga vaʼda qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi

Vladimir Zelenskiy Ukraina “Shahed” turidagi dronlarga qarshi kurash uchun 20 mingta raketa olishi kerak bo‘lganini aytdi. Ukraina uchun mo‘ljallangan ushbu raketalarni topshirish to‘g‘risidagi qaror Jo Bayden prezidentligi davrida qabul qilingan, ammo Tramp prezident etib saylangach, raketalar Yaqin Sharqq yuborilgan. Bu haqda Zelenskiy ABC News‘ga bergan intervyusida maʼlum qildi.

«Darvoqe, bilasizmi, bizda “Shahed” va shunga o‘xshash dronlar bilan katta muammolarimiz borligini ko‘rgansiz. Biz bunga qarshi kurashyapmiz va, albatta, ularni yo‘q qilish uchun barcha vositalarni topamiz», — deya taʼkidlagan Zelenskiy.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Jo Bayden prezidentligi davrida, mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirokida bir loyihani amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilingani haqida ham gapirdi.

«Va biz ushbu loyihaga umid qilgandik. “Shahed”larga qarshi kurash uchun 20 mingta raketa — bu qimmat emas, ammo muhim texnologiya. Shuning uchun biz shu 20 ming raketaga tayanayotgan edik. Bugun ertalab mudofaa vazirim menga aytdiki, Qo‘shma Shtatlar ularni Yaqin Sharqqa yuboribdi», — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy.

2022 yil kuzidan boshlab Rossiya-Ukraina urushida yangi muhim faktor — Eronning “Shahed” dronlari paydo bo‘ldi. “Shahed”ning asosiy afzalligi avtonom tarzda katta masofani uchib o‘tishi va belgilangan nishonga aniq zarba berishidir. Dronning jangovar qismida nishonni yo‘q qilish uchun portlovchi modda mavjud (“Shahed-136”da taxminan 40 kg, “Shahed-131”da esa 10 kg).

Ushbu moslama o‘lchamlari jihatidan juda kichik: uzunligi 3,5 metr, og‘irligi esa 200 kilogrammgacha. Dron deyarli 2 ming kilometr masofaga ucha oladi. Biroq dronning porshenli dvigateli baland ovozda ishlaydi, shuning uchun u ukrainaliklar orasida “moped” laqabini olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60908 | Инструменты