Huawei 2
Yevroparlament 10 ming yevrodan ortiq naqd pul to‘lovlarini taqiqladi

Pul yuvishga qarshi kurash chora-tadbirlari doirasida Yevropa parlamenti 10 ming yevrodan ortiq naqd pul to‘lovlarini taqiqlash uchun ovoz berdi, deya Deutsche Welle xabar berdi.

Qayd etilishicha, 24-aprel kuni Yevroparlament deputatlari milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlarni yopish uchun mo‘ljallangan pul yuvishga qarshi umumyevropa qoidalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatladilar.

Yirik naqd pul operatsiyalarini taqiqlashdan tashqari, yangi qoidalar hashamatli tovarlar sotuvchilardan o‘z mijozlarining shaxsini tekshirishni va shubhali operatsiyalar haqida hokimiyatga xabar berishni talab qiladi. Qoidalarning qat’iylashtirilishi, jumladan, zargarlik buyumlari, hashamatli avtomobillar, shaxsiy samolyotlar va yaxtalar savdosiga ta’sir qiladi.

Bundan tashqari, rasmiylar kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni va 50 million yevrodan ortiq aktivlari bo‘lgan o‘ta boy odamlarning bank operatsiyalarini sinchkovlik bilan kuzatishni talab qilgan. Aksiyalarning kamida to‘rtdan biriga ega bo‘lgan kompaniya egalari butun Yevropa Ittifoqida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Bu choralar, xususan, rossiyalik oligarxlarni Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tish imkoniyatidan mahrum etishga qaratilgan.

Shuningdek, yangi qoida 2029-yilda kuchga kirishi kerak. Muvofiqlik uchun javobgarlik shtab-kvartirasi Frankfurt-Maynda joylashgan yangi Yevropa Pul yuvishga qarshi kurash boshqarmasi (AMLA) bilan kelishilgan holda milliy hokimiyat organlariga yuklanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga