Huawei 1
Yevropa Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirishda va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Yevropa Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirishda va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Yevropa Kengashi prezidenti, Yevrokomissiya rahbari, Buyuk Britaniya bosh vaziri, Fransiya prezidenti, Italiya bosh vaziri, Germaniya kansleri, Finlyandiya prezidenti va Polsha bosh vaziri tomonidan eʼlon qilingan qo‘shma bayonotda so‘z boradi.

Yevropa yetakchilari Tramp va Zelenskiy bilan Yevropa qo‘llab-quvvatlovi ostida Rossiya, AQSH va Ukraina yetakchilarining uch tomonlama sammitini o‘tkazish ustida ishlashga tayyorliklarini bildirishdi.

Shuningdek, Yevropa mamlakatlari Ukraina ishonchli xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi, uning qurolli kuchlari va boshqa davlatlar bilan hamkorligi hech qanday cheklovlarga duch kelmasligi lozimligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya yetakchilari Kiyevga qurol yetkazib berishda har qanday cheklovlarni istisno qilmoqda.

Yevropa yetakchilari hududlar masalasida qaror qabul qilish huquqi Ukrainaga tegishli ekanini alohida taʼkidlashdi.

Shu bilan birga, ular Rossiya Ukrainaning Yevroittifoq va NATO bilan integratsiya jarayoniga to‘sqinlik qilmasligi kerak, deb hisoblashlarini bildirishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81708 | Инструменты