Huawei 1
"Xitoyning Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligiga qaratilgan onlayn hujumlarga aloqasi yo'q" - Xitoy TIV

Xitoyning Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligiga qaratilgan onlayn hujumlarga aloqasi yo'q. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan ma'lum qildi.

"Bunday da'volar mutlaqo asossiz, Xitoy har doim har qanday kiberhujumlarga qarshi bo'lgan", - deya ta'kidladi u brifingda.

Xitoylik diplomatning soʻzlariga koʻra, Pekin tarmoq xavfsizligi masalalaridan ayrim davlatlar tomonidan “boshqa davlatlarga tuhmat qilish uchun siyosiy maqsadlarda” foydalanilishiga ham keskin qarshi.

Sky News, avvalroq, manbalarga tayanib xabar berganidek, xakerlar Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi serverlarini buzib kirishgan. Natijada mansabdor shaxslar va harbiy xizmatchilarning ma'lumotlari o'g'irlangan. Sky News maʼlumotlariga koʻra, firibgarlar Xitoy bilan bogʻlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga