Ijtimoiy tarmoqlarda 7 ta yuk vagonining relsdan chiqib ketishi haqidagi video tarqaldi.
"O‘zbekiston temiryo‘llari" holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa 2024-yil 18-may kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJga emas, balki "Chirchiq savdo baraka" MChJga tegishli bo'lgan shoxobcha temir yo'lida sodir bo'lgan. Bu yerda "BN Grain and oil group" MCHJ xodimlari ushbu vagonlardan yuk tushirish vaqtida, temir yo'l qurilmasi "lebyodka" ishlash texnologiyasiga rioya qilmagan.
Shu munosabat bilan, mazkur yuk vagonlarini tushirish vaqtida yuqoridagi tashkilot xodimlari lebyodka yordamida (kerakli texnikaga rioya qilmasdan) vagonlarni tortib olishga uringan, qurilmadan tros uzilib, vagonlar harakatlana boshlagan.
Vaziyat davomida “BN Grain and Oil Group” MChJ xodimlari vagonlar harakatini toʻxtatishga urinib koʻrishgan va natijada ikkita vagon (№95547865 va 95045464) gʻildiraklaridan butunlay chiqib ketgan, yana beshta (№95407581, 95715165, 95404547, 95046207 va 95077327) yon tomonga agʻdarilib ketgan.
Hodisaning sababi qo'shimcha qurilma – "lebyodka" yordamida ishlash texnologiyasining buzilishi sifatida aniqlandi.
"Lebyodka" – temir yo'l vagonlarining omborlar va binolar yaqinidagi yuklash va tushirish joylarida harakatlanishi uchun mo'ljallangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111100 | Инструменты