Kecha, 11-iyun kuni Ukraina Rossiya Federatsiyasi bilan mahbuslar almashinuvi doirasida 93 nafar oddiy askar, serjant va ikki ofitserni vataniga qaytardi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak o'zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.
"Mahbuslarni almashish. Biz 95 nafar yurtdoshlarimizni vataniga qaytarmoqdamiz. Ro'yxatga Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya askarlari, shuningdek, chegarachilar kiritilgan. Ular orasida 93 nafar oddiy askar, serjant hamda ikki ofitser bor”, — deb yozdi Yermak.
O'z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi ham 94 nafar rossiyalik askar Ukraina asirligidan qaytganini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62711 | Инструменты