Turkiyada 2 ta sayyohlar avtobusi ustunga urildi, yordamga ketayotgan tez yordam mashinasi ham yo'lda ag'darilib ketgan

Turkiyaning markaziy qismidagi Nig‘de viloyatida sayyohlik avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Yo'lovchilari sayyohlar bo‘lgan mikroavtobus nomaʼlum sababga ko‘ra trassada ustunga borib urilgan.

Hodisa oqibatida avtobus haydovchisi, gid hamda Braziliya, Kolumbiya, Meksika, Boliviya, Urugvay, Argentinadan kelgan 12 nafar sayyoh jarohat olgan.

Jarohatlanganlarga yordam berish uchun ketayotgan tez yordam mashinasi ham avariyaga uchradi. U yo‘llarning muzlagani tufayli ag‘darilib ketgan va olti nafar shifokor jarohat olgan.

Taxminan shu vaqtda Oqtosh qishlog‘i yaqinidagi trassada yana bir sayyohlik mikroavtobusi ag‘darilib ketgan, natijada 59 yoshli yo‘lovchi halok bo‘lgan va 27 nafari jarohatlangan. 

Haydovchi politsiya tomonidan fojia holatlari aniqlanguniga qadar hibsga olingan.

Mavzuga oid:

Qozog‘istonda ichida 31 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

Saudiyada o‘zbekistonlik ziyoratchilar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Misrda avtobus daryoga quladi. Bunga haydovchining giyohvand modda ta'sirida boshqaruvda bo'lgani sabab bo'lgani aytilmoqda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20406 | Инструменты