Prezident Tramp AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va ommaviy eshittirishlardan ajratilgan 9 milliard dollarlik xorijiy yordamni byudjetga qaytarish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 24-iyul, payshanba kuni allaqachon tasdiqlangan byudjet xarajatlari - tashqi yordam dasturlari va jamoat teleradiokompaniyasini moliyalashtirishdan 9 milliard dollar qisqartirish haqidagi qonun loyihasini imzoladi.
Ajratilgan 9 milliard dollarning qariyb 8 milliard dollari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) epidemiyalar, urushlar va tabiiy ofatlardan keyin xorijiy mamlakatlarga yordam berishga qaratilgan dasturlari hisobidan qaytariladi. Agentlik yopilgach, uning baʼzi funksiyalari AQSh Davlat departamentiga oʻtkazildi.
Bundan tashqari, NPR va PBS jamoat teleradiokompaniyalarini moliyalashtirish uchun Jamoatchilik teleradiokorporatsiyasiga berilgan 1,1 milliard dollar qaytariladi. Gap kompaniyalarning ikki yillik byudjeti haqida bormoqda. Bu pulning katta qismi butun mamlakat bo‘ylab 1500 dan ortiq mahalliy jamoat radio va televideniyelariga taqsimlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72617 | Инструменты