Huawei 1
Qurilish vazirligi: Toshkent shahri bosh rejasi takomillashtiriladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilovning tadbirkor Murod Nazarovning so‘zlari va Toshkent shahrining bosh rejasi haqidagi intervyusiga izoh berdi.

"Vazir o'rinbosari "bosh rejaga o'zgartirish kiritilmaydi", deganda tadbirkorning o'zgartirish kiritilishi rejalashtirilgan "korreksiyasi" haqidagi fikriga javob bergan. Tadbirkorning taklifi yoki tadbirkor g'oyasi bilan bosh reja o'zgartirilmaydi. Balki bosh reja doimiy takomillashib boradigan jarayon.

Qayd etish lozimki, vazir o'rinbosari shaharning bosh rejasi takomillashuvi haqida gapirmagan. Tadbirkor nazarda tutgan shaxsiy manfaatidagi ma'lum bir o'zgarishni nazarda tutgan.

Bosh rejani ishlab chiqishda ilmiy asoslar, shaharsozlik talablari va jamoatchilik fikri ustuvor ahamiyat kasb etadi. 1969-yilda tashkil etilgan "Toshkentboshplanliti" instituti ushbu jarayonda doimiy ravishda  ilmiy izlanishlar olib boradi va doimiy ravishda Toshkent va Samarqand shaharlarining bosh rejalarini takomillashtirib boradi.

Jurnalistning materialida keltirilgan vaziyatda boshqarma boshlig‘i Aziz Xalilov ham bosh rejalar doimiy sikl asosida yangilanib borishi va institut tomonidan ilmiy ishlanmalar olib borilishini ta’kidlagan. Vazir o‘rinbosarining tadbirkorlarning takliflari asosida alohida hududlarni bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha vakolati yo‘q.

Tadbirkordan kelib tushgan taklif yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi. Vazir o'rinbosarining javobi boshqarma boshlig'ining fikrini rad etmaydi. Aksincha to'ldiradi. Bosh reja tadbirkorning fikri bilan o'zgaradigan hujjat hisoblanmaydi", deya izoh bergan vazirlik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72702 | Инструменты