Huawei 1
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi

Prezident Donald Tramp Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uchrashuvda Amerika gazi va nefti yetkazib berish hajmini oshirish va buni AQSH bilan Yevropa Ittifoqi muhokama qilayotgan savdo kelishuviga kiritishni taklif qildi.

Yevropa Ittifoqi avval ham Trampning savdo taqchilligi haqidagi xavotirlarini yo‘qotish uchun AQSHdan energiya xaridlarini ko‘paytirishga tayyor edi va endi bu Germaniya uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Savdo kelishuvi Mersning Oq uyga birinchi tashrifi davomidagi asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. Tramp bu AQSH energiya eksportini oshirishiga umid qilmoqda va Mers buni amalga oshirishga yordam berishi mumkin.

«Biz savdo-sotiqni yaxshi tomonga o‘zgartiramiz, deb o‘ylayman. Bu asosan Yevropa Ittifoqi tomonidan belgilanadi, ammo Germaniya uning juda katta qismi hisoblanadi», dedi Tramp.

Prezident AQSH energiya sohasini qo‘llab-quvvatlashga va buning uchun yangi bozorlarni topishga harakat qilayotganini taʼkidladi.

«Bizda juda ko‘p neft va gaz bor», dedi Tramp va ularni savdo kelishuvining bir qismiga aylantirishga umid bildirdi.

2024 yilda Yevropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlardan 51 mlrd kub metr suyultirilgan tabiiy gaz (STG) sotib oldi. Bu Yevropa importining 45 foizini tashkil qildi. Umumiy hajm 114 mlrd kub metrni tashkil qiladi. AQSH eng yirik taʼminotchi bo‘ldi.

Rossiya 2 barobar kam STG sotdi, biroq uning quvur liniyasidagi gaz yetkazib berish hajmi 2021 yildan beri 155 milliard kub metrdan 40 milliard kub metrga kamaydi. Xuddi shu davrda Yevropa Ittifoqiga STG eksporti ikki baravar ko‘paydi.

YEI 2027 yil oxirigacha Rossiya energiya taʼminotidan butunlay voz kechishni maqsad qilib qo‘ygan va Yevropa Komissiyasi tegishli rejani tayyorlamoqda, biroq qator davlatlar bunga qarshilik ko‘rsatmoqda. Vengriya va Slovakiya quvur orqali gaz olishdan voz kechishni xohlamaydi, Fransiya va Belgiya esa buni iqtisodiy va qonuniy ravishda asoslanishini istamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60903 | Инструменты