London sudi “Sony” kompaniyasiga nisbatan “PlayStation” do‘konidagi o‘yinlar narxini oshirib yuborganligi haqidagi jamoaviy da’voni ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi, deb yozadi “Reuters” nashri.
Qayd etilishicha, foydalanuvchilar kompaniyadan $7,9 mlrd miqdorida tovon puli talab qilmoqda.
2022-yilda Buyuk Britaniyaning qariyb 9 mln aholisi “Sony” kompaniyasini “PlayStation” do‘koni orqali o‘yinlarni yuqori narxlarda sotishda ayblab, sudga murojaat qildi.
Iste’molchilar huquqlari himoyachisi Aleks Nil foydalanuvchilar nomidan so‘zga chiqdi va $6,23 mlrd va foizlar talab qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya raqamli o‘yinlar va qo‘shimcha kontentni faqat “PlayStation” do‘koni orqali sotishni talab qilgan, bu esa ishlab chiquvchilar va noshirlardan 30% komissiya oladi.
“Sony” advokatlarining ta’kidlashicha, bu ish boshidan oxirigacha o‘ylab topilgan va uni yopish kerak. Ammo sud qaroriga binoan ish davom etadi.
Biroq, 2022-yilda da’vo arizasini topshirgandan so‘ng “PlayStation"da xarid qilgan odamlar sudda ishtirok eta olmaydi. Shu sababli, ishni ilgari surishda da’vogarlar yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110606 | Инструменты