Bloomberg agentligining xabar berishicha, neft narxining pasayishi va moliyaviy barqarorlikning zaiflashishi tufayli Saudiya Arabistoni murakkab vaziyatga duch kelayotgan bir paytda, bank va biznes rahbarlari diqqatni qo‘shni Qalqon mamlakatlari — Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga qarata boshlashmoqda.
Endi Saudiya Arabistoni avvalgi kabi qiziqish uyg‘otmayapti. Ayniqsa, BAA va Qatarning iqtisodiy salohiyati ortib borayotgan bir paytda, Saudiya Arabistoni oldidagi cheklovlar hamda byudjet bosimlari ko‘proq his etilmoqda va bu xalqaro kompaniyalarni kapital jalb etish va kelishuvlar tuzish rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.
Saudiya Arabistoni byudjeti katta defitsitda. Qiymati 2 trillion dollarga teng iqtisodiy transformatsiya rejasini moliyalashtirish uchun mamlakat milliardlab dollarlik obligatsiyalar chiqardi. Hatto dunyodagi eng yirik suveren fondlardan biri — Saudiya Arabistoni Davlat sarmoya jamg‘armasi (PIF) ham rejalashtirilgan sarflar miqdori tufayli bosimga uchramoqda.
Bu orada Qatar, aholisi Saudiya Arabistoninining o‘ndan birini ham tashkil qilmagan holda, AQSH bilan 1,2 trillion dollarlik iqtisodiy kelishuvga erishdi, BAA esa 1,4 trillion dollarlik. Ular iqtisodiy hajmiga nisbatan Saudiyadan ancha yuqori miqdorda sarmoya vaʼda qilgan, va eng muhimi — bunga moliyaviy imkoniyatlari yetarli.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60610 | Инструменты