Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Gʻazo aloqa guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi diplomatik manbalar xabar bergan.
Yig‘ilish ishtirokchilari Falastin davlatini tan olish jarayonidagi umumiy sa’y-harakat, shuningdek Isroilga bosim o‘tkazish choralarini muhokama qildi.
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 4-may kuni Banjul shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan fikr almashdi.
Aloqa guruhi noyabr oyida IHT va Arab ligasi tomonidan Falastin anklavida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish maqsadida tuzilgan.