Huawei 1
Saltanat Nukenovaning ukasi Bishimbayevdan tovon puli talab qildi

Marhuma Saltanat Nukenovaning ukasi Aytbek Amangeldi Qozog‘iston sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Quvandiq Bishimbayev ustidan yangi da’vo qo‘zg‘atdi.

Sud idorasi materiallariga ko‘ra, Amangeldi Bishimbayevdan moddiy zarar va ma’naviy zararni qoplash niyatida. Uchinchi shaxs sifatida Saltanatning ota-onasi ishtirok etadi. Sud majlisi 3--sentyabr kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.

Aytbek Amangeldi Informburo.kz tahririyatiga birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tganini aytdi. Sudya jabrlanuvchi barcha bortga chiqish talonlarini taqdim etishi kerakligini ta'kidladi. Biroq, parvozlarning barcha tasdiqlarini topib bo'lmadi.

“Da’vo advokatlar, turar joy va parvozlar uchun xarajatlarni undirish uchun qo‘zg‘atilgan. Keyingi sud majlisi onlayn rejimda o‘tkaziladi. Ish Ostona shahar sudida ko‘rilmoqda. Da’vo maxsus unga (Quvandiq Bishimbayevga) nisbatan qo‘zg‘atilgan va xarajatlar uning mavjud aktivlari hisobidan qoplanadi”, deb tushuntirdi marhumaning ukasi.

Ushbu da'vo summasining bir qismi Saltanat Nukenova jamg'armasi fondiga o'tkaziladi.

"Miqdori qancha bo'lmasin, og'riqni yengillashtirmaydi", - deya xulosa qildi Amangeldi.

13-may kuni Ostona sudi sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Quvandiq Bishimbayevni 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U o‘ta shafqatsizlarcha qotillik sodir etganlikda, shuningdek, turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani qiynoqqa solganlikda aybdor deb topildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50709 | Инструменты