Huawei 2
Qirg‘izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi

Qirg‘izistonda bolalarni ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun jalb qilish taqiqlandi. Tegishli topshiriq Vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov tomonidan berilgan. Bu haqda “Kaktus.media” xabar berdi.

Qaror Jalolobod viloyati Suzoq tumanidagi tadbirda bolalarni yuk mashina urib ketgani fonida qabul qilingan. 

Hodisa 2-may kuni kuzatilgandi, oqibatda 32 nafar bola jarohatlangan. Ularning aksariyati kasalxonaga yotqizilgan. 10 nafar bola davolanish uchun maxsus samolyotda Bishkekka olib kelingan. Yuk mashina boshqaruvida haydovchi bo‘lmagan. 

Holat yuzasidan avtomobil haydovchisi uy qamog‘iga olingan. Yo‘l-transport hodisada oqibatida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga