Huawei 1
Putin urushda “Rossiyaga kerakli natija” nimaligini aytdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukrainaga qarshi urushni “Rossiyaga kerak bo‘lgan natija bilan mantiqiy yakuniga yetkazish uchun yetarli kuch va resurslarga ega” ekanini aytdi. Bu haqda u “Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil” hujjatli filmiga bergan intervyusida so‘z ochgan. Intervyudan parcha bugun, 18 may kuni jurnalist Pavel Zarubin tomonidan ijtioiy tarmoqda e’lon qilindi. 

“Bu natija – inqirozni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish, uzoq muddatli barqaror tinchlik va Rossiya davlatining xavfsizligini ta’minlash uchun shart-sharoitlarni yaratish, biz doimo gapiradigan, rus tilini o‘z ona tili deb biladigan va Rossiyani o‘z vatani deb biladigan odamlar yashaydigan hududlarda xalqimiz manfaatlarini ta’minlash”, dedi Putin.

O‘sha intervyuda u Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davrida Rossiya Qurolli kuchlari yadro qurolidan foydalanishga “ehtiyoj yo‘qligini” va u umid qilganidek, “talab qilinmasligini” aytdi.

Ayni vaqtda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi 19 mayga o‘tar kechasi Rossiya RS-24 (Yars) qit’alararo ballistik raketasini “o‘quv va jangovar” uchirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchirish Sverdlovsk viloyatidagi Svobodniy aholi punktidan rejalashtirilgan.

Rossiya strategik raketa kuchlarining 42-Tagil raketa diviziyasi Svobodniyda joylashgan bo‘lib, uning tarkibiga uchta RS-24 polki kiradi.

Ukraina razvedkasining ta’kidlashicha, raketa o‘quv o‘q-dorilarini olib yuradi. Raketaning uchish masofasi 10 ming kilometrdan oshadi. Ukraina razvedkasi Rossiya Federatsiyasining maqsadi Ukrainani, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlarni namoyishkorona bosim o‘tkazish va qo‘rqitish, deb hisoblaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51902 | Инструменты