Huawei 1
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi

Onkolog Yevgeniy Cheremushkin tatuirovkaning xavfliligi haqida gapirib o‘tdi. Shifokor "tatuirovkalar teri saratonini o‘z vaqtida sezishni qiyinlashtiradi", deb ogohlantirdi.

Uning aytishicha, tatuirovkaning o‘zi kasallikning rivojlanishiga turtki bo‘lmaydi, ammo u o‘z vaqtida tashxis qo‘yishga xalaqit berishi mumkin. 

"Tatuirovka teri saratoni rivojlanishiga olib kelishi mumkin emas, ammo u tufayli siz saraton o‘simtasini yoki terining o‘zgarishini osongina o‘tkazib yuborishingiz mumkin, chunki bu muhim alomatlardan biri sanaladi", dedi Cheremushkin.

Onkologning qo‘shimcha qilishicha, allergiyaga moyil bo‘lgan odamlar tatuirovka qilish masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashishlari kerak, chunki bo‘yoq allergik reaksiyani qo‘zg‘atishi mumkin. 

"Tatuirovka, albatta, terining shikastlanishidir. Shu sababdan undan voz kechish foydalidir", - deb maslahat berdi shifokor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga