Huawei 2
AQSh Ukrainaga 100 dan ortiq uzoq masofali ATACMS raketalarini yashirincha yuborgan

Ukraina mart oyida 300 million dollarlik yordam paketi doirasida AQShdan yashirincha 100 ta uzoq masofali ATACMS raketalarini oldi, deb yozadi The New York Times yuqori martabali amerikalik amaldorga tayanib. Kecha, 24-aprel kuni AQSh Ukrainaga ATACMS raketalarini ommaviy ravishda e’lon qilmasdan yetkazib bergani haqida Reuters xabar bergan edi. Biroq agentlik uzatilgan raketalarning aniq sonini ochiqlamadi.

NYT'ning qayd etishicha, Qo'shma Shtatlar Ukrainaga avval ham ATACMS raketalarini yuborgan, biroq ularning masofasi 100 milya, ya'ni 165 km bo'lgan. Ukraina tomoni uchish masofasi 190 milya (300 km dan ortiq) bo‘lgan raketaning yangi modifikatsiyasini yetkazib berishni bir necha bor so‘ragan. Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, uzoq masofali raketalarni yetkazib berish to‘g‘risidagi qarorni fevral oyida AQSh prezidenti Jo Bayden qabul qilgan.

The New York Times manbasiga ko'ra, olingan raketalar bilan Ukraina Djankoydagi Rossiya harbiy aerodromiga va Zaporojye viloyatining Berdyansk shahridagi rus qo'shinlari joylashgan joyga zarba bera oldi. Reuters 24-aprel kuni ATACMS yordamida xuddi shunday zarbalar haqida yozgan edi. Qrim hukumati va Rossiya Mudofaa vazirligi hujumlar haqida xabar bermadi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 18-aprel kuni Ukraina qurolli kuchlari Jankoydagi aerodromga hujum qilganini ma’lum qildi. 

NYT iqtibos keltirgan rasmiyning soʻzlariga koʻra, Oq uy Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya armiyasidan ustunligini taʼminlash maqsadida Ukrainaga uzoq masofali raketalar yetkazib berilishi haqidagi maʼlumotni yashirgan. Shu bilan birga, AQSh prezidenti ma'muriyati vakillari mart oyidagi harbiy yordam paketi Ukrainani o'q-dorilar bilan ta'minlash uchun vaqtinchalik chora ekanligini ta'kidladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qurollar bor-yo‘g‘i bir necha hafta xizmat qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga