Yaponiya Mudofaa vazirligi harbiy sun’iy intellektni (AI) rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot markazi tashkil etilishini ma’lum qildi. Bu haqda Nikkei Asia nashri xabar berdi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, yangi muassasa Amerika Mudofaa ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi modelida yaratilmoqda. Markaz xususiy texnologiya kompaniyalariga sarmoya kiritishni o‘z zimmasiga oladi. Bunday tadqiqot loyihalari muvaffaqiyati uch yil davomida baholanadi. Kompaniya muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda yig'ilgan mablag'larni qaytarmaslik huquqini o'zida saqlab qoladi.
Harbiy departament avtonom avtomobillarni yaratish uchun sun'iy intellektga asoslangan texnologiyani ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi subatomik zarralar va elektromagnit to‘lqinlar yordamida suv osti kemalarini aniqlashning yangi usullarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110105 | Инструменты