Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu «Eronning mag‘rur xalqi»ni Islom Respublikasi rahbariyatiga qarshi chiqishga chaqirdi. Netanyahu 13 iyun, juma kuni kechqurun eʼlon qilingan videomurojaatida: «Rejim unga nima urganini yoki urishini bilmaydi. U hech qachon bunchalik zaif bo‘lmagan. Bu sizning o‘rningizdan turib, ovozingizni eshitish imkoniyatidir», dedi.
«Sizlarga salkam 50 yildan beri zulm qilgan islomiy rejim mamlakatimizni vayron qilish bilan tahdid qilmoqda», dedi Netanyahu. Uning taʼkidlashicha, Eronga qarshi harbiy amaliyotdan maqsad «islomiy rejim tomonidan kelayotgan yadroviy va ballistik tahdidning oldini olish».
Isroil Mudofaa vaziri Israel Kasning aytishicha, Tehron «Isroildagi tinch aholi punktlariga raketa otishga jurʼat qilganidan keyin qizil chiziqlarni kesib o‘tgan». Kas Isroil «oyatulloh rejimi o‘zining qabih harakatlari uchun juda katta narx to‘lashini» taʼminlashiga ishontirdi.
Ayni paytda, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining nomi oshkor etilmagan rasmiysi, agar Isroilning bo‘lajak hujumlarida Eronning muhim infratuzilmasi zarar ko‘rsa, Isroilga uning iqtisodiy va energetika infratuzilmasiga zarba berish bilan tahdid qildi, deya xabar bermoqda Fars davlat agentligi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61505 | Инструменты