Huawei 1
NASA 4G internet tarmog‘ini Oyga olib chiqmoqchi — CNN

NASA Nokia kompaniyasi bilan hamkorlikda 4G internet tarmog‘ini Oyga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, NASA va Nokia kompaniyasi insonning boshqa sayyoralarda uzoq muddatli hayot kechirishi uchun qurilish bloklarini qo‘yishga yordam berish maqsadida Oyda uyali aloqa tarmog‘ini o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bu borada kompaniyalar o‘z qarashlarini ifoda etgan.

O‘z navbatida SpaceX kompaniyasi ham 4G tarmog‘ini Oyga olib chiqish borasida harakat boshlagan. 2024-yilda kompaniya shu yo‘nalishdagi raketasini uchirishi rejalashtirilgan. Raketa aloqa tizimini Oyning janubiy qutbiga o‘rnatishi aytilgan. Tizim Yerdan boshqarilishi xabar qilingan.

“Tarmoqni ishga tushirish va ishga tushirishning birinchi muammosi — tegishli o‘lcham, vazn va quvvat talablariga javob beradigan, shuningdek, texnik xodimsiz ishga tushiriladigan kosmosda malakali uyali aloqa uskunasiga ega bo‘lish”, — degan NASAning dasturlar bo‘yicha yordamchi ma’mur o‘rinbosari Uolt Engelund.

4G tarmoq bloki Nokianing Bell Labs kompaniyasi tomonidan bir qator tayyor tijorat komponentlaridan foydalangan holda qurilmoqda. U AQSHning Intuitivet Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qo‘nish moslamasiga yuklanadi.

Keyingi o‘n yillikda astronavtlarni Oyga olib chiqishni maqsad qilgan NASAning Artemis dasturi uchun uyali aloqa nihoyatda zarurdir. Chunki, hozirda astronavtlar bir-biri bilan faqat radio aloqa orqali muloqot qiladi. Biroq NASA hozirda yuqori aniqlikdagi video va ilmiy ma’lumotlarni qo‘llab-quvvatlay oladigan Oy aloqasi tizimini istamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga