Huawei 1
KXDR o‘z qo‘shinlarining Rossiya-Ukraina urushida qatnashganini tasdiqladi

KCNA ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shinlar «Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning buyrug‘i bilan» ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik kelishuviga muvofiq jo‘natilgan.

«Ukraina hukumatining Rossiya Federatsiyasiga bosqinini qaytarish uchun Kursk viloyatini ozod qilish bo‘yicha operatsiyalar g‘alaba bilan yakunlandi», — deyiladi KCNA bayonotida.

Unda qo‘shimcha qilinishicha, KXDR Qurolli kuchlari bo‘linmalari «davlat rahbari Kim Chen Inning buyrug‘iga binoan» amaliyotlarda ishtirok etgan.

Shanba kuni Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov Vladimir Putinga Kursk viloyatidagi vaziyat haqida hisobot berar ekan, «Shimoliy Koreya harbiylari mintaqani ozod qilishda katta yordam ko‘rsatganini» qayd etdi.

Gerasimovning bayonoti KXDR qo‘shinlari Rossiyaga jo‘natilgani haqidagi ma’lumotlarning birinchi rasmiy tasdig‘i bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50915 | Инструменты