Huawei 1
Isroillik mahbuslarning yaqinlari Netanyahuni iste'foga chiqishga chaqirmoqda

G‘azo sektoridagi isroillik mahbuslarning yaqinlari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning G‘arbiy Quddusdagi qarorgohi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi. Yediot Ahronot gazetasining yozishicha, namoyishchilar Netanyahu hukumatiga murojaat qilib, G‘azodagi mahbuslarni qaytarishni talab qilgan.

Mahbuslarning yaqinlari Isroilda mahbuslarni ozod qilish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni tezroq tuzishga chaqirdi.

Ular Netanyahuni kelishuvga to‘sqinlik qilganlikda ayblab, iste’foga chiqishga chaqirgan.

Namoyishchilar oʻta oʻng qanot Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga qarshi, u tadbirda qatnashayotgan yahudiy sanʼati muzeyini oʻrab olish orqali ham norozilik bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga