Huawei 2
"Isroil urushni to'xtatmaydi" - Isroil rasmiysi

Isroil Tashqi ishlar vazirligining sobiq bosh direktori Alon Lielning aytishicha, Isroil xalqaro miqyosda Rafahga kirish uchun "qiymat qimmat bo'lsa ham to'lashga tayyor".

“Isroil urushni yakunlamaydi. Vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish sharti bilan garovga olinganlarni almashish borasida ham hech qanday kelishuv bo‘lmaydi. Isroil hukumati bunday bitimni imzolash uchun yetarli darajada kuchga ega emas. Agar kelishuvni imzolasa, Isroil qulaydi”, dedi Liel Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida

Isroil rasmiysiga ko‘ra, agar kelishuv bandlariga Isroil manfaatlariga mos keluvchi ayrim bandlar kiritilsa va HAMAS bunga qarshi chiqmasa, bitimga erishish mumkin. Isroil HAMASning kelishuvni qabul qilish qarorini Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyiha sifatida emas, balki shunchaki HAMAS taklifi deb biladi. Bundan bir tomonlama taklifni esa Isroil qabul qilishga tayyor emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga