Isroil terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy qilishni rejalashtirmoqda

 Isroilda terrorchilarga o'lim jazosi tayinlash rejalashtirmoqda. Taklif etilayotgan qonun loyihasi 20-noyabr dushanba kuni Knessetga taqdim etiladi.

The Times of Israel xabariga ko‘ra, Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir tegishli qonun loyihasi tayyorlanayotganini ma’lum qilgan.

Ben Gvir dushanba kuni o‘zining Otzma Yehudit partiyasi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasini Knesset Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga taqdim etishini aytdi.

"Men Knessetning barcha a'zolari ushbu muhim qonun loyihasini qo'llab-quvvatlashini kutaman", — deb yozadi u.

O'lim jazosi mamlakat tarixida bor-yo'g'i ikki marta qo'llanilgan, so'nggi marta 1962-yilda Holokost me'mori Adolf Eyxman qatl etilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты