Huawei 2
Ilhom Aliyev Fransiya, Hindiston va Gretsiyani Armanistonni qurollantirayotganlikda aybladi

Fransiya, Hindiston va Gretsiya Armanistonni Bokuga qarshi qurollantirishga Ozarbayjon qo'l qovushtirib turolmaydi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ADA universitetida o‘tkazilgan anjumanda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"Biz shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tirolmaymiz. Biz bu pozitsiyani Armaniston hukumati va bugun Armanistonga "g‘amxo‘rlik qilishga" urinayotgan tomonlarga aniq yetkazdik. Agar o‘zimizga jiddiy tahdid borligini ko‘rsak, jiddiy choralar ko‘rishga majbur bo‘lamiz", dedi Aliyev.

Prezidentning aytishicha, hozir tinchlik bitimi qanday bo‘lishi kerakligi haqida umumiy tushuncha mavjud.

"Biz faqat tafsilotlarni ishlab chiqishimiz kerak. Biroq, albatta, har ikki tomonga ham vaqt kerak", dedi Aliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "tomonlar muammoni hal qilishga har qachongidan ham yaqinroq".

"Armaniston bosqini paytida biz bundan juda uzoq edik. O‘sha paytda biz hatto asosiy tamoyillar bo‘yicha ham kelisha olmadik", dedi prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga