Huawei 1
Hindistondagi Yamuna daryosi qalin zaharli ko‘pik qatlami bilan qoplandi

Hindistondagi Yamuna daryosi qalin zaharli ko‘pik qatlami bilan qoplandi. Maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa daryo suvidagi fosfatlar miqdorining ko‘payishi tufayli yuzaga kelgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, jumladan, teri va nafas olish muammolariga sabab bo‘lishi mumkin.

Ganga daryosining eng katta irmog‘i Yamuna dunyodagi eng iflos daryolardan biri hisoblanadi. Uning asosiy ifloslanish manbai Hindiston poytaxti Dehli hisoblanadi. Hindiston hukumati 2025 yil fevraligacha Yamunani cho‘milish uchun xavfsiz standartlarga yetkazishni maqsad qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80217 | Инструменты