Huawei 1
Temir yo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Hukumat qarori (480-son, 31.07.2025 y.) bilan “Temir yo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.

Reglament umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transporti infratuzilmasiga nisbatan qo‘llanadi.

Konstruktorlik hujjatlariga muvofiq temir yo‘l mahsuloti u ishlab chiqarilgan yildan qatʼi nazar temir yo‘l mahsulotini identifikatsiyalashni taʼminlaydigan quyidagi tamg‘aga ega bo‘lishi kerak:

- muvofiqlik belgisi;

- raqam;

- ishlab chiqaruvchining yorlig‘i;

- ishlab chiqarilgan sana;

- rezervuarlar va nazorat moslamalari tekshirishdan o‘tkazilganligi bo‘yicha maʼlumotlar.

Temir yo‘l mahsulotining muvofiqligini majburiy tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- majburiy sertifikatlash;

- muvofiqlik to‘g‘risida deklaratsiyani qabul qilish.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:

- mahsulot partiyasi - mahsulotning yaroqlilik yoki kafolat muddatidan;

- seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga - 3 yildan oshmasligi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80217 | Инструменты