Hindistonda Kashmir vodiysini mamlakatning qolgan qismi bilan bog‘lovchi Chenab temir yo‘l ko‘prigi qurildi. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi ko‘prikni ochish marosimida qatnashdi.
CNN yozishicha, bu dunyodagi eng baland temir yo‘l ko‘prigi. Uzunligi 1,3 kilometrli ko‘prik dengiz sathidan 359 metr balandlikda joylashgan, Eyfel minorasidan 29 metr yuqoriroq.
Arkasimon inshootni bunyod etishga o‘nlab yillar va 160 mln dollar sarflandi, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60902 | Инструменты