Huawei 1
Hindiston Pokistonga oqayotgan “ortiqcha suv”ni o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

Hindiston Pokistonga oqib o‘tadigan uchta daryoning “ortiqcha suvi”ni o‘zining Panjob, Xaryana va Rajastxan shtatlariga yo‘naltirmoqchi. Buning uchun 113 kilometr uzunlikdagi kanal qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, NDTV xabar berdi.

Loyiha 1960-yilda Hindiston va Pokiston o‘rtasida imzolangan Hind daryosi suvlari to‘g‘risidagi kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda. U Jelum, Chenab va Hind daryolari suvidan “samarali foydalanishga” qaratilgan. Ayni paytda Hindiston bu daryolar suvining katta qismidan foydalanmaydi. Chunki ularning tabiiy yo‘nalishi mamlakat uchun “kam foydali” bo‘lgan trayektoriya bo‘ylab o‘tadi.

Loyihada “ortiqcha suv”ni chiqarib yuborish uchun yangi kanallar qurish ko‘zda tutilgan. Hind daryosi suvlarini uch yil davomida kanallar orqali Rajastxan shtatining Ganganagar shahriga yo‘naltirish haqida 14-iyun kuni ichki ishlar vaziri Amit Shoh ma’lum qilgandi. U Pokiston “har bir tomchi suvga tashna bo‘lishini” qo‘shimcha qilgan.


Kanalni Yamuna daryosiga ulash taklifi ham ko‘rib chiqilmoqda, bu uning uzunligini 200 kilometrgacha uzaytiradi va suvni Gangasagargacha tashish imkonini beradi.

22-aprel kuni Kashmirda yuz bergan hujumdan so‘ng Hindiston Islomobodni transchegaraviy terrorizmda ayblab, Hind daryosi suvlari bo‘yicha bitimni to‘xtatishi mumkinligini bildirgandi. Pokiston bu ayblovlarni rad etgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi esa: “Suv va qon birga oqishi mumkin emas”, deya qat’iy pozitsiyani bildirgan.

May oyida Hindiston Boglixar to‘g‘onidan Pokistonga oqadigan Chenab daryosi suvini to‘sib qo‘ygandi. Shunga o‘xshash choralar Jelam daryosidagi Kishanganga to‘g‘onida ham amalga oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61723 | Инструменты