Huawei 2
HAMAS Ilon Maskni G‘azo sektoriga tashrif buyurishga chaqirdi

HAMAS amerikalik milliarder Ilon Maskni Isroil hujumlari natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilikni ko‘rish uchun blokadadagi G‘azo sektoriga tashrif buyurishga chaqirdi.

Bu haqda HAMAS yetakchilaridan biri Usama Hamdan Maskning Isroilga tashrifini izohlash davomida ma'lum qildi.

“Biz Maskni xolislik va ishonchlilik me’yorlariga muvofiq, G‘azoga qilingan qirg‘in va vayronagarchilik ko‘lamini ko‘rish uchun G‘azoga tashrif buyurishga taklif qilamiz”, dedi u.

Eslatim o'tamiz, amerikalik milliarder Ilon Mask 27-noyabr kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan G‘azo sektori bilan chegaradagi Kibbuts Kfar Aza shahriga bordi. Shuningdek, Ilon Mask prezident Isaak Gertsog bilan ham uchrashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga