Huawei 2
Germaniyada 2030-yilgacha uysizlar qolmasligi aytilmoqda

Germaniya hukumati 2030-yilgacha mamlakatda uysizlar sonini nollashtirmoqchi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Federal Vazirlar mahkamasi muammoni hal qilish rejasini qabul qildi va zarur chora-tadbirlarning bir nechta yo‘nalishlarini belgiladi. Asosiy maqsad — kelgusi yillarda uysiz qolgan barcha Germaniya aholisini munosib uy-joy bilan ta’minlash. Shuningdek, profilaktika choralari va mamlakat bo‘ylab “yordam va qo‘llab-quvvatlash tizimi”ni yaratish rejalashtirilgan.

Favqulodda vaziyatlarda hokimiyat uy-joy bilan ta’minlaydi. Tibbiy sug‘urtasi bo‘lmagan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish masalalarini hal etish, ularning raqamli texnologiyalardan foydalanishini taʼminlash, boshpanasizlarni kamsitishga qarshi kurashish ham rejalashtirilgan.

“Bu maqsadlarga erishish uchun Germaniya hukumati uysizlikka qarshi milliy forum tashkil qiladi”, — deb yozadi AFP.

Caritas xayriya tashkiloti rahbari Eva Mariya Velskop-Deffaning ta’kidlashicha, rejaning qabul qilinishi federal hukumat uysizlikka qarshi kurashni mahalliy hokimiyat ixtiyoriga qoldirmasligiga “kuchli signal”dir.

O‘z navbatida, Germaniya shaharlari uyushmasi bosh direktori Helmut Dedi federal va shtat hukumatlarini yetarli miqdorda arzon uy-joy qurish uchun ko‘proq yordam berishga chaqirgan.

Germaniyadagi uysizlarning haqiqiy sonini aniqlash qiyin. Boshpanasizlarga yordam berish bo‘yicha federal ishchi guruh ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil iyun oyi oxirida 447 mingga yaqin odam uyga ega bo‘lmagan. Ularning o‘n mingdan ortig‘i ko‘chada yashayotgani taxmin qilinmoqda.

2023-yil boshpana va boshqa muassasalarda joylashgan uysizlar soni 372 ming nafarni tashkil qilgan. 2022-yil yanvar oxirida bu ko‘rsatkich 178,1 ming edi.

“O‘sish ushbu ko‘rsatkichlarni ro‘yxatga olish yaxshilangani, shuningdek, Ukrainadan ma’lum miqdordagi qochqinlarning kelishi bilan bog‘liq”, — deb yozadi AFP.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga