Huawei 1
G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum bo'ldi

G‘azo hududida aniqlangan ommaviy qabrlardan topilgan jasadlarning kamida 20 tasi tiriklayin ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda G‘azo fuqarolik mudofaasi tashkiloti tarqatgan xabarlarga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, G‘azodagi ommaviy qabrlarda topilgan o‘nta jasadning qo‘llari bog‘langan holatda bo‘lgan. Shu dalilga asoslanib, jasadlar tirik holatda ko‘milgani taxmin qilinmoqda.

“Biz tiriklayin ko‘milgan deb taxmin qilayotgan jasadlarning kamida 20 tasini sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazishimiz kerak”, — degan Falastin fuqarolik mudofaasi tashkiloti aʼzosi Muhammad Mug‘yer.

Nosir kasalxonasidagi ommaviy qabrlardan topilgan baʼzi jasadlar bolalarga tegishli ekani maʼlum qilingan. Bolalar jasadlari qoldiqlari haqidagi foto va videodalillar taqdim etilgan.

Bir qancha arab nashrlari g‘azolik asirlar tiriklayin ko‘milishi borasida Isroil harbiy maʼmuriyatiga savollar yo‘llagan. Maʼmuriyat murojaatni eʼtiborsiz qoldirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga