Huawei 1
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi

Fransiyaning Renault avtomobil konserni Ukraina uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaradi. Bu haqda France Info radiosi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Renault Fransiyaning kichik va o‘rta mudofaa korxonalari bilan hamkorlik qiladi, ularning ishlab chiqarish liniyalari «frontdan bir necha o‘n yoki yuz kilometr uzoqlikda» joylashadi. Avtokonsern o‘z press-relizida hukumat Renault bilan bog‘langanini tasdiqladi, ammo «hozirgi bosqichda qaror qabul qilinmagan».

Fransiyadagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya Ukraina uchun dronlar yetkazib berishi haqida 6 iyun kuni mamlakat mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu ma’lum qilgandi. U buni «barcha uchun foydali» sheriklik deb atagan, ammo vazir gap qaysi avtomobilsozlik kompaniyasi haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, dronlar ukrainaliklar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, ammo ular «doimiy taktik va tezkor tayyorgarlikni ta’minlash maqsadida» fransuz armiyasiga ham taqdim etiladi. Lekornyuning qo‘shimcha qilishicha, ukrainaliklar urushda ushbu dronlardan foydalanish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60915 | Инструменты