Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ruslan Yaxshiliqovni respublika mudofaa vaziri lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Qozog‘iston davlati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoni bilan bu lavozimga Dauren Kosanov tayinlandi.
59 yoshli Yaxshiliqov 2022 yilning yanvaridan buyon Mudofaa vazirligi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
55 yoshli Kosanov bu tayinlovgacha Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari va Havo hujumidan mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi mudofaa vaziri Dauren Kosanovni qabul qilib, unga bir qator topshiriqlar berdi, deb xabar qildi Oqo‘rda matbuot xizmati.
«Prezident – Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Qosim-Jo‘mart To‘qayev mudofaa vaziri Dauren Kosanovni qabul qildi. Uchrashuvda davlat rahbari armiyaning jangovar tayyorgarligini kuchaytirish, raqamli yechimlarni nazorat qilish tizimiga joriy etish, maxsus qo‘shinlarning ijtimoiy harakat salohiyati va imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, harbiy infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha qator aniq topshiriqlar berdi», — deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60918 | Инструменты