Huawei 1
Falastin elchisi: Misr 2023-yildan beri G'azodan 80 mingdan ortiq qochqinni qabul qildi

Misr rasmiylari o‘tgan yilning oktabr oyida Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida qurolli mojaro boshlanganidan beri G‘azo sektoridan 80 mingdan ortiq qochqinni qabul qilgan. Bu haqda Falastinning Qohiradagi elchisi Diab al-Luh bayonot berdi.

"Misr o'tgan yilning oktyabr oyidan beri G'azodan qochgan 80 mingdan 100 minggacha falastinlikni qabul qildi", - deya uning so'zlaridan iqtibos keltirgan Al Hadath telekanali.

Bundan uch hafta oldin, 4-aprel kuni “Al-Qohira al-Ixbariya” telekanali manbalarga tayanib, mojaro avj olgandan beri misrlik shifokorlar 3706 yarador falastinlik va ular bilan birga 6071 nafar hamrohlik qilgan shaxslarni davolagani haqida xabar bergan edi. Qurbonlarni qabul qilishdan tashqari, Misr anklavga doimiy yordam ko‘rsatmoqda. Manbalarga ko‘ra, G‘azoga kirib kelayotgan insonparvarlik yuklarining 87 foizi Misr hukumati va turli jamoat tashkilotlari tomonidan to‘plangan va u yerga jo‘natilgan.

27-fevraldan beri Misr harbiy-havo kuchlari Iordaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh va Fransiya bilan birgalikda G‘azoga har kuni insonparvarlik yordamlarini olib bormoqda. Bundan tashqari, G‘azo sektoriga Misrning Rafah nazorat punkti orqali muntazam yordam yetkaziladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga