Huawei 2
Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi

Henley & Partners kompaniyasi New World Wealth tahliliy kompaniyasi bilan birgalikda “Dunyodagi eng boy shaharlar—2024” hisobotini taqdim etdi. 

Qayd etilishicha, hisobotda shaharlarda yashovchi millionerlar, sentimillioner va milliarderlar soni inobatga olingan.

AQSHning 11 ta shahri Top 50 ga kirgan, Nyu York eng boy shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan. Shaharda 349 500 nafar millioner, 744 nafar sentimillioner va 60 milliarder istiqomat qiladi. 

Ikkinchi o‘rinni San-Fransisko (305 700 millioner) olgan. 

Kuchli uchlikni 10 yil avval ro‘yxatda birinchi bo‘lgan Tokio (298 300 millioner) yakunlagan. O‘n yil ichida Tokioda badavlat kishilar soni 5 foizga qisqardi.

“Singapur shahrida so‘nggi o‘n yil ichida ilk bor badavlat insonlar soni 64 foizga o‘sdi, natijada shahar 4-o‘ringa ko‘tarildi. Birgina 2023-yilda Singapurga 3400 nafar badavlat kishi ko‘chib o‘tgan: shaharda hozir 244,8 ming millioner, 336 sentimillioner va 30 milliarder istiqomat qiladi.

Reytingda Moskva 30 300 millioner, 207 sentillioner va 23 nafar milliarder bilan 38-o‘rinni egalladi. 

Henley & Partners bosh direktori Yorg Shteffenning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda moliyaviy bozorlardagi ko‘rsatkichlar shaharlarda farovonlik o‘sishining asosiy omili bo‘ldi.

“S&P 500 indeksining 24 foizga o‘sishi, Nasdaq indeksining 43 foizga o‘sishi, shuningdek, Bitcoin qiymatining 155 foizga oshishi kapital oshishiga yordam berdi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt, robototexnika va blokcheyn sohasidagi tezkor yutuqlar boylik orttirish va to‘plashni kengaytirdi. Shunga qaramay, yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi eski risklarni bekor qilmadi – so‘nggi bir yil ichida Moskvada millionerlar soni 24 foizga kamaydi”, — deydi Yorg Shteffen.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga