Huawei 1
Crocus City Hallʼdagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi

Rossiyada Crocus City Hallʼdagi teraktni uyushtirishda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Moskvaning Basmanniy sudi Tojikiston fuqarosi bo‘lgan Jumaxon Qurbonovni hibsga olish to‘g‘risida buyruq chiqargan. Jumaxon Qurbonov teraktga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan 12-gumondor hisoblanadi.

"Tergov idorasining Qurbonovga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yuzasidan qilgan murojaati qanoatlantirildi", — deyilgan sud bayonotida.

Rasmiylar Qurbonov 22-maygacha hibsda qolishini maʼlum qilgan. Tergov yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tishi aytilgan. Ochiq manbalarga ko‘ra, gumonlanuvchi Rossiyada noqonuniy ravishda yashab, Moskvadagi yotoqxonada istiqomat qilgan.

Joriy yilning 22-mart kuni Krasnogorsk shahridagi Crocus City Hall konsert zalida terakt sodir etilgan edi. Hodisa oqibatida 144 kishi halok bo‘lgani va 551 kishi jarohatlangani xabar qilingan. Rossiya Tergov qo‘mitasi hujumni sodir etganlar va ukrainalik millatchilar o‘rtasida aloqadorlik aniqlanganini qayd etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga