Huawei 1
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

Braziliyada lotereyada 36 million dollar yutuq chiqqan erkak stomatologik jarayon vaqtida vafot etdi, deb xabar beradi Ultimos Segundo.

Qayd etilishicha, 73 yoshli chorvador Antoniu Lopes de Sikeyra Mega-Sena8 lotereyasi tarixidagi eng yirik mukofot — 201 million realni (qariyb 36 million dollar) yutib olgan. Oradan 25 kun o‘tgach esa erkak Kuyaba shahrida stomatolog qabulida vafot etgan.

Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, shifokor bemorning surunkali kasalliklari — qon bosimi, diabet va yurak bilan bog‘liq muammolarini inobatga olmasdan, anesteziyani haddan ortiq ko‘p miqdorda qo‘llab yuborgan.

Bemor bir muddat qabul bo‘limida bo‘lgan, uning ahvolini hech kim kuzatmagan. Ko‘p o‘tmay erkakning yurak urishi to‘xtagan.

Mahalliy prokuratura shifokorlar masʼuliyatsizligi fakti bo‘yicha ish ochgan. Tergov natijasida Antoniu Lopes de Sikeyraning o‘limi lotereyadagi yutug‘i bilan bog‘liq emasligi, balki tibbiy xato va yaxshi parvarish yo‘qligi oqibati yuzaga kelgani aniqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60901 | Инструменты