Huawei 2
Boeing uchuvchisiz uchar taksilarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

“Boeing” haydovchisiz uchar taksilarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Rejalar haqida “Nikkei” xabar bermoqda.

Kompaniyaning texnik direktori Todd Citronning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi 2030-yilgacha bunday avtomobillar bozoriga chiqishni rejalashtirgan.

Uning taʼkidlashicha, Osiyoda o‘zi boshqaradigan taksilar yo‘lga qo‘yiladi. Avtomobillar va boshqa transport vositalarining tirbandligi tufayli ushbu hududga eʼtibor qaratilgan.

Yangi taksilar avtomobillar muammosini hal qiladi va turli aholi punktlariga borish imkoniyatini yaxshilaydi.

Biroq kompaniya qaysi davlat loyihada birinchi bo‘lishini hozircha aniqlagani yo‘q.

Tashish uchun “Boeing” vertikal uchish va qo‘nish (eVTOL) samolyotlaridan foydalanadi.

Ular “Wisk Aer” shuʼba korxonasi tomonidan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqaruvchi uchuvchisiz taksilarni o‘zi boshqaradimi yoki buni boshqa tashkilotlarga topshiradimi, hozircha nomaʼlum.

Ishlab chiqarish Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi, yaqin atrofdagi “Mitsubishi Heavy Industries”, “Kawasaki Heavy Industries” va “Subaru” zavodlari kompaniya uchun asosiy qismlarni ishlab chiqaradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga