Huawei 2
BMT Al Jazeera telekanalining Isroilda efirga uzatilishini taqiqlashga qarshi chiqmoqda

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi Isroil rasmiylarining Al Jazeera telekanalini mamlakatda ko‘rsatishini taqiqlash haqidagi qarorini tanqid qildi. Tashkilot ushbu taqiqni bekor qilish chaqirigʻini eʼlon qildi. BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik RIA Novosti bilan suhbatda tashkilot OAV erkinligini cheklovchi har qanday qarorga qarshi ekanligini maʼlum qildi.

“Biz hukumatning Isroildagi Al Jazeera telekanalini yopish qaroridan afsusdamiz. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari shaffoflik va javobgarlikni ta'minlash uchun zarurdir. So'z erkinligi insonning asosiy huquqidir. Biz hukumatni taqiqni bekor qilishga chaqiramiz”, — deyiladi BMTning inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi bayonotida.

Janob Dyujarrikning so'zlariga ko'ra, BMT "matbuot erkinligidan uzoqlashishga qaratilgan har qanday qarorga keskin qarshi".

Eslatib o'tamiz, 5-may kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumat Al Jazeera telekanalini mamlakatda ko‘rsatishni taqiqlashga qaror qilganini ma’lum qildi. Endilikda telekanalning Quddusdagi ofisi yopiladi, translyatsiya uskunalari tortib olinadi va kanal veb-saytiga kirish bloklanadi. Eshittirish taqiqlangani haqidagi xabarlardan ko‘p o‘tmay, telekanalning Quddusdagi ofisida tintuvlar o‘tkazildi. 

Times of Israel gazetasining xabar berishicha, politsiya jurnalistlarning jihozlari va mobil telefonlarini tortib olgan. Al Jazeera advokatlari eshittirishni taqiqlash qarori ustidan shikoyat qilishga tayyorlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga